​Rivojlanayotgan davlatlar uchun DAAD grant dasturi

​Rivojlanayotgan davlatlar uchun DAAD grant dasturi


Grant dasturi Germaniya Oliy Ta’lim Institutlarida magistratura va doktorantura bosqichlarida o`qimoqchi bo`lgan talabalar uchun mavjud. DAAD rivojlanayotgan va yangi sanoatlashgan mamlakatlar mutaxassislarini tayyorlashga yordam beradi. DAAD har yili dunyoning 100 mingdan ortiq nemis va chet ellik talabalari va tadqiqotchilarini qo’llab-quvvatlaydi – bu dunyodagi eng yirik moliyalashtirish tashkilotidir.

Grant haqida ma’lumot:

Qabul muddati: tanlangan o`quv dasturiga qarab turlicha, quyidagi manzil orqali tekshirishingiz mumkin: https://www.daad.de/medien/deutschland/stipendien/formulare/epos_deadlines.pdf 

Grant magistrlik va PhD darajalarini olish uchun taqdim etiladi.

Grand miqdori: 

Magistratura uchun oyiga 750 euro, PhD uchun 1000 euro stipendiya.

Tibbiy sug`urta xarajatlari

Sayohat xarajatlari

Xalqaro talabalar uchun.

Grantga topshiradiganlar uchun talablar:

Nomzodlar kamida 2 yillik ish stajiga ega bo`lishlari lozim.

Nomzodlar o`z mutaxassisligi bo`yicha bakalavr darajasi olgan bo`lishi lozim.

Nomzodlar o’zlarining motivatsiyasi rivojlanish bilan bog’liqligini isbotlashi va ular ijtimoiy mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi va ta’limlaridan so`ng shaxsiy va professional muhitda o’zgarish jarayonlarini boshlashlari va qo’llab-quvvatlashlari lozim.

Nomzodlar Ingliz tilida o`qitiladigan dasturlar uchun Ingliz tilini, Nemis tilida o`qitiladigan dasturlar uchun Nemis tilini bilishlari lozim.

Nomzod bakalvr darajasini ko`pi bilan 6 yil oldin olgan bo`lishi lozim.

Qabul jarayoni:

Qabul jarayoni pochta orqali yoki onlayn. 

www.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/en/21148-scholarship-database/?detail=50076777

online havola
Talab etiladigan hujjatlar:

DAAD anketasi. https://www.daad.de/medien/deutschland/stipendien/formulare/forschungsstipendium_en.

anketa pdf
Imzo qo`yilgan CV (please use the europass specimen form at http://europass.cedefop.europa.eu/).

Imzo qo`yilgan motivatsion xat. 

Tadqiqot mazmuni(agar universitet tomonidan talab etilsa).

Universitetingiz tomonidan rekommendatsion xat; xat imzo chekilgan, muhr qo`yilgan bo`lishi lozim.

Ishxonaningizdan(boshliqdan) rekommendatsion xat; xat imzo chekilgan, muhr qo`yilgan bo`lishi lozim.

Ishxonadan ma’lumotnoma, agar mavjud bo`lsa qaytib kelganingizdan so`ng ish qabul qilinishingizni tasdiqlovchi hujjat.

Til bilish darajangizni ko`rsatuvchi hujjat:

Ingliz tili – IELTS yoki TOEFL.

Nemis tili – nemis tilida o`qitiladigan dasturlar uchun.

Egallangan akadem darajalar nusxasi.(Bakalvr, Magistrlik darajalari)

Diplom baholari nusxasi.

Maktab shahodotnomasi nusxasi.

www.Unisite.uz uchun maxsus tayyorlandi.

Telegram tarmog’ida ham bizni kuzatib boring》T.me/UnisiteUz

Grantlar
Gamburg universiteti grant dasturi

Gamburg universiteti Shimoliy Germaniyaning eng yirik tadqiqot va ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu juda ko’p turli xil fikr, madaniy taraqqiyot va manfaatlar bilan jonli jamoatni qo’llab-quvvatlaydigan eng keng universitetlardan biri. Nima uchun Gamburg universitetida? Ushbu universitetda tahsil olayotganda, nomzodlar malakali firmalarda ishtirok etishlari, soha mutaxassislari bilan uchrashishlari va karyera bazasida qisman …

Grantlar
Roosevelt Universiteti haqida,to’lov puli,vizadagi o’rni

    Roosevelt University Bugun Amerika qo’shma Shtatlarining yana o’z o’rniga ega universiteti haqida suhbatlashamiz yani (Roosevelt university) .Biz ko’plab ma’lumotlar qidirib topishga harakat qildik. Roosevelt university Chicago shtatitada joylashgan. Roosvelt University 2 ta campusga ega yani (Chicago Campus va Schaumburg campus). Bu universitet 1945-yilda tashkil qilingan. Roosevelt universitetida ko’plab fakultetlar bo’lishiga qaramay, …

Grantlar
Dunyoning top 20 universiteti 2019-yil hisobiga ko’ra

Dunyoning  Top 20 ta universitetlar 2019-yil hisobiga ko’ra. Bir necha yillardan beri Massachusetts texnologiya universiteti birinchilikni qo’ldan boy bermay kelyabdi. Bu yil hisobiga kora ham huddi shu universitet 1-likda. Imperal kollej esa 8- o’rinni yaqin 3 yildan beri hech qaysi universitetga berib qo’ygani yo’q. Harvard va Stanford 2 yildan beri bir …

SOCIALICON