Grantlar
2
  • Yaqinda tanishlarimdan biri talaba vizasi uchun AQSh elchixonasida bo’ladigan suhbat haqida maslahat so’rab qoldi. Hujjatlari joyida bo’lsa, AQShda o’qishva yashash uchun lozim bo’lgan mablag’ni ko’rsata olsa, vizani muammosiz oladi, deb umumiy javob berdim. Bu narsani deyarli hamma yaxshibiladi. Ammo shunday holatlar hambo’ladiki, ba’zilar, hatto hujjatlari joyida bo’lishiga va o’qish uchun yetarli mablag’i borligiga qaramasdan suhbatdan vizasiz quruq chiqadi. Buningsababi nimada? Suhbat jarayonida rasmiyatchilikdan boshqa yana nimalar so’raladi va bu savollarga qanday javob berish kerak?Shu savollarga javob topish maqsadida AQSh Davlat Departamentining rasmiy veb-sahifalarini biroz kovlashga to’g’ri keldi. Natijada mavzuning rasmiyatchilikdan tashqari, ammo viza olish jarayoniga bevosita ta’sir qiladigan ayrim jihatlari haqida ma’lumotlar topdim. Olgan xulosam shu bo’ldiki, viza uchun o’tkaziladigan suhbatfaqat hujjatlar tekshiriladigan rasmiyatchilikdan iborat bo’lmasdan, balki viza uchun talabgor shaxsning ovozini eshitish, uning kimligini bilish ham suhbatning muhim bir qismi ekan.AQSh Davlat DepartamentiningDipNotedeya ataladigan rasmiy blogida Hindistondagi AQSh elchixonasining Konsullik bo’limi vakili Monika Shiy shu haqda o’z tajribasini o’rtoqlashadi.“Oyna ortidan nazar: AQShning vizalar ofisidan talaba vizasi bo’yicha maslahat”deya nomlangan blogpostda rasmiy mulozim viza uchun suhbat o’tkazishdan asosiy maqsad AQShga borish istagida bo’lgan shaxs bilan yuzma-yuz ko’rishish hamda uning o’z og’zidan nima maqsadda AQShga bormoqchi ekanini eshitishdir, deydi.Har kuni yuzdan ortiq odam bilan viza uchun suhbat o’tkazishini ta’kidlagan konsullik vakili o’z maqolasida masalani rasmiy tusdan yiroq ohangda, ochiq va insoniy uslubda bayon etadi.“Bolaligimda elchixonaning viza bo’limi xodimi bo’lib ishlash tushimga ham kirmagan edi, – deb yozadi Monika Shiy. – Dastlab, adabiyot sohasida o’qidim, so’ng o’qituvchilik qildim. Bugun Nyu-Dehlidagi AQSh elchixonasida 9 oydan beri oyna ortidagi baland stuldao’tirib odamlarga vizaberish yoki bermaslik masalasini hal etyapman. Bir kunda qariyb 100 ta odam bilan suhbat o’tkazaman”.Bolaligidan, kasbiy faoliyati va shaxsiy hayotidan so’z ochgan muallif elchixona xodimlarining ham boshqalar kabi oddiy odamlar ekanini aytmoqchi bo’ladi.“Bizning ixtisosligimiz turli sohalardan. Oramizda huquqshunoslar, o’qituvchilar, axborot texnologiyalari mutaxassislari, hatto o’t o’chiruvchilar bor. Umrimizning qaysidir bosqichida Tashqi Xizmatning yozma imtihonini topshirdik, bir kunlik og’zaki imtihondan o’tdik hamda keng qamrovlitayyorlov kursini o’tabdiplomatlarga aylandik”, deydi Monika.Shundan so’ng muallif AQSh elchixonasida har kuni viza uchun o’tkaziladigan suhbatlar jarayoni haqida so’z ochadi. Uning aytishicha, bitta suhbat uchun o’rtacha 2 yoki 3 daqiqa sarflanadi, xolos.“Har kuni Nyu Dehlida8 yoki 9 ta konsullik xodimi AQShga borishni istovchi yuzlab odamlardan suhbat oladi, – deya davom etadi Monika. – Imkon boricha ko’proq odam bilan suhbatlashishga ulgurishimiz uchun intervyular juda qisqabo’ladi – ikki yoki uchdaqiqa. Bizga kerakli ma’lumotlarning aksariyati allaqachon anketada yozilgan. Biz sizning o’zingizdan sayohat rejalaringiz haqida eshitishni xohlaymiz. Ba’zan talabgorlar bir dunyo hujjatlar ko’tarib kelishadi. Qog’ozlariga qaramasak, ular xafa bo’lgandek ko’rinishadi. Intervyudan maqsad hujjatlarni tekshirish emas, balki siz bilan yuzma-yuz gaplashishdir”.Talabalik uchun viza olmoqchi bo’lganlar haqida gapirar ekan, Monika ularni o’z maqsadlarini suhbatda aniq tushuntirib berishga chaqiradi.“Agar talaba bo’lsangiz, sizning ishonchli va o’qishga qodir ekaningizni tekshiramiz. Aynan nega shu universitetni tanlaganingiz va o’qish pulini qanday to’lamoqchi ekaningiz haqida so’raladigan savollarga javob berish uchun tayyor turing. Tanlagan o’qish joyingizni bitiraolishingizga va borishingizdan maqsad faqat o’qish ekaniga biz ishonch hosil qilishimiz kerak”, deydi Monika.Monika talabalarni viza uchun ertaroq hujjat topshirishga chaqiradi. O’qish boshlanishidan 120 kun oldin vizaniolish mumkin, ammo AQShga faqat o’qish boshlanishiga bir oy qolgandagina jo’nab ketish mumkin, deydi u.Xulosada muallif elchixona xodimlarining ham boshqalar kabi oddiy odamlar ekanini yanabir bor ta’kidlaydi. Agar ishonchli, o’qishuchun layoqatli talaba bo’lsangiz, tashvishlanishga hojat yo’q, vizani, albatta, olasiz, deydi u.“Agar siz o’zingizni ishonchli, o’qish uchun haqli deb bilsangiz, xavotir olishga hojat yo’q. Chuqur nafas oling, o’zingizni bo’sh qo’ying hamda oyna ortida o’tirgan odam sizga yordam berish uchun o’sha yerda o’tirganini eslang. Bizham siz kabi oddiy odamlarmiz”, deydi Hindistondagi AQSh elchixonasining Konsullik bo’limi xodimi Monika Shiy.
  • Maqola muallifi: Behzod
  • www.Unisite.uz
  • Telegram.me/Unisiteuz

Bakalavr
Emory universiteti

Universitet haqida Emory universiteti Amerika Qo’shma Shtatlarining Jorjiya shtati va Atlanta shahrida joulashgan Xususiy Tadqiqot universitetlaridan hisoblanadi. Universitetga 1836-yilda Oksford, Jorjiyada asos solingan John Emory tomonidan. Dastlab Universitet Emory kolleji tarzida yuritilgan . 1915-yilda Universitet o’zining hozirgi joylashgan joyiga ko’chdi (Druid hills) va Emory universiteti Nomi berildi. Universitet talabalari haqida …

Grantlar
Gamburg universiteti grant dasturi

Gamburg universiteti Shimoliy Germaniyaning eng yirik tadqiqot va ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu juda ko’p turli xil fikr, madaniy taraqqiyot va manfaatlar bilan jonli jamoatni qo’llab-quvvatlaydigan eng keng universitetlardan biri. Nima uchun Gamburg universitetida? Ushbu universitetda tahsil olayotganda, nomzodlar malakali firmalarda ishtirok etishlari, soha mutaxassislari bilan uchrashishlari va karyera bazasida qisman …

Motivatsiya
Muvaffaqiyat kaliti,Motivatsion video

Yaqinda quyidagi video lavhani ko’rib qoldim, to’g’risi menga juda ham yoqdi va yangi energiya berdi. To’g’risi o’zimda boshqacha taasurot uyg’otgan har qanday narsani sizlarga ham ulashishga harakat qilaman. Video muallifi: Ashurov Akmalxon Juda ham ajoyib va kerakli video lavha uchun  Ashurov Akmalxonga o’z minnatdorchiligimni bildiraman!

SOCIALICON