Chet elda doktarantura bosqichida o’qish

Doktarantura

Bu maqolada Xorijiy davlatlarda PhD bosqichida ta’lim olish Boyicha turli hil ma’lumotlar berilgan.

PhD uchun talab qilinadigan hujjatlar:

TOEFL, GRE (agar AQSHga bolsa), resume, personal statement (SOP – Statement of Purpose), 2-3 Recommendation letters, article (agar bo’lsa), Diplom va ilova nushalari (agar diplom faqat o’zbek tilida yozilgan bo’lsa, notariusdan tarjima qildirib olish kerak, ilova bilan birga).
Eng muhimlari – SOP, ikkinchi o’rinda Resume. Keyingi navbatlarda Rec. letter, GRE, TOEFL. Agar SOP yaxshi yozilgan bo’lsa, qolganlari o’rtacha bo’lsa ham, qabul qilinish imkoningiz yuqori bo’ladi.


2) Odatda, qabul dekabrda boshlanadi, fevralgacha, lekin ba’zi universitetlar aprelgacha hujjat qabul qiladi. Shunda javobi taxminan aprel – may oylarida chiqadi.


3) Dekabrda bo’ladigan qabulga taxminan sentyabrlarda harakat qilib boshlash kerak. Imtixonlardan o’tish (TOEFL, GRE), keyin programmalar bilib qiziqib boshlash, hamda professorlar bilan bog’lanish kerak. Shunda programmalar haqida, ulardagi professorlar haqida, olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida tushunchaga dekabrgacha ega bo’lasiz.


4) Universitetlarga hujjat topshirish uchun application fee to’lashingizni hisobga olsak, ko’p universitetlarga topshirish biroz qimmatga tushadi (application fee o’rtacha 50-60$). Lekin application fee to’lashdan oldin, Graduate School ga email da xat yozib, iqtisodiy sharoitingizni tushuntirsangiz, ko’pchilik universitetlarda application fee bekor qilinadi (waive). Shunda hujjat topshirishga ortiqcha harajat qilmagan bo’lasiz.


5) Universitetlarni talabi biroz yuqori ko’rsatiladi, lekin tushkunlikka tushmaslik kerak. Ba’zi bir talablarini bekor qilish mumkin. Buning uchun avval Graduate Schoolga, agar ular xal qilolmasa, o’zingiz kirmoqchi bo’lgan Department Chair ga, yoki Admission Committee Chair ga email orqali bog’laning. Talab qilsangiz, talabingiz 99% xollarda qondiriladi.


6) Universitetlarga hujjat qilganda, kirish ehtimolini oshirish uchun, oddiy – o’rtacha – yuqori universitetlarga hujjat topshiring. Universitetlar reytingini bilish qiyin emas, Google orqali bilsa bo’ladi.


7) Programmalar bilan tanishayotganingizda (hujjat topshirishdan oldin), ularda funding bor-yo’qligiga ham e’tibor bering. Ko’pchilik universitetlarda funding bo’ladi, lekin ba’zi birlari faqat o’z fuqarolariga yordam qilishi mumkin.


8) Bu maslaxatlar Canada, US, New Zealand, Australia, va ko’pchilik Yevropa Ittifoqi davlatlariga mos keladi. Canada, New Zealand, va Australia davlatlariga topshirganda, yuqorida yozganlarimga oldingi javoblarimni qo’shing (hujjat topshirishdan oldin professor bilan bog’lanish haqida, sababi ularda professor sizni ma’qul ko’rsa, bu narsa sizni qabul qilinganingizni bildiradi, qabul komissiyasi esa shunchaki nomiga ishlaydi.

Maqolani Abdulg’ani tayyorladi.

Bakalavr
Buyuk Britaniyada talaba vizasi orqali ishlash va cheklovlar

Angliyada ta’limni boshlaydigan talabalar uchun ajoyib yangilik – sizning jonli fondlaringizni to’ldirish uchun ish topib daromad olishingiz mumkin. Biroq, aniq qoidalar sizning vizangiz qachon chiqarilganiga bog’liq. Ushbu maqolada, Tier 4 talabalar vizasi bo’yicha Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan talabalar uchun qoidalar bayon etilgan. Tier 4 talabalar vizasi – Buyuk Britaniyadagi ta’lim …

Bakalavr
Viza ola olamanmi? (Koreaga Viza olish)

✅Viza ola olamanmi? (Koreaga Viza olish) Shu kabi savollar ko’p berilyapti. Aslida kimnidir viza ola olishini 100% ishonch bilan aytib bo’lmaydi. Xatto cho’zdira olishi haqida ham aniq bir narsa aytish qiyin. Bu narsa ko’p omillar (siz haqingizdagi ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar)ga bog’liq. Aksincha, vizaga topshira olish yoki topshira olmaslik …

Doktarantura
Australia: Magistratura yoki PHD bosqichida 100% kontraksik va boshqa chiqimlardan holi holatda o’qing!

University of Adelaide, Australia Adelaide universiteti “Adelaide halqaro grant” dasturini xorijlik malakali magistr va aspirant talabalar uchun joriy qilgan. Bundan asosiy maqsad universitetning ilmiy tadqiqotlar bo’yicha mavjud bo’lgan holatini yanada kuchlik talabalar bilan boyitish. Grant haqida ma’lumot              Qabul muddati:15-Fevral , 2019.      Ta’lim bosqichi: Magistratura va PhD. Ta’lim yo’nalishi: universitetning …

SOCIALICON