Germaniyada o’qish haqida 10 “afsona”

GERMANIYADA O’QISH HAQIDA  10 TA “AFSONA”

Yevropada o’qish faqatgina juda ham badavlat oligarx insonlarning farzandlari uchunmi? Buning uchun nemis tilini yaxshi bilish shartmi?

Germaniya oliy o’quv yurtlarida o’qish narxi qancha? Biz Germaniyada ta’lim olish bilan bog’liq ko’pchilikni qiynaydigan savollar va “afsona”larni ko’rib chiqib, ularga javob beramiz.

1 – Afsona: Germaniyada o’qish juda ham qimmat, unga hammaning ham qurbi yetmaydi.

Agar siz yuqoridagi fikrga qo’shilsangiz, adashasiz. Haqiqatda bu unday emas. Yevropaning boshqa davlatlardagi oliy o’quv yurtlaridagi narxlar bilan solishtirsak, Germaniyada unchalik qimmat emas. Albatta, xususiy universitetlar, kollejlar, bundan tashqari semester uchun 20.000 yevro to’lanadigan qimmat MBA – dasturlar ham mavjud. Ammo oddiy davlat universitetida 100 yevrodan 600 yevrogacha(bir semester uchun). Aniq narxi universitetning qaysi federal hududda joylashganiga bog’liq. Shunga binoan, Bavariya, Gamburg va Quyi Saksoniyada o’qish Germaniyaning boshqa federal hududlaridagi universitetlariga qaraganda qimmatroq( 500 yevrogacha) bo’lishi mumkin.

2 – Afsona: Germaniyada o’qish uchun nemis tilini mukammal bilish lozim.

Ha, nemis tilini bilish kerak. Lekin, Olmoniyada endi o’qishni boshlamoqchi bo’lganlar bundan qo’rqishmasin. Nemis tilini bilish bir nechta darajalarga bo’linadi: A1, A2, B1, B2, C1, C2. Eng mukammal daraja C1, boshlang’ich elementar daraja esa A1. Nemis oliy o’quv yurtiga kirish uchun esa B2 daraja kifoya qiladi. Qolganini esa Germaniyaning o’zida maxsus til kurslarini o’rganish davomida o’rganib olishingiz mumkin. Qancha til bilish darajangiz yuqor bo’lsa, ta’lim olish borasidagi imkoniyatlaringiz ham shuncha yuqori bo’ladi. Bundan tashqari u yerda ingliz tilida olib boriladigan ko’pgina ta’lim dasturlari ham mavjud. Universitetga xujjat topshirayotgan abituriyentlar nemis tilini bilish darajalarini namoyon etishlari uchun TestDaF yoki DSH imtihonlarini topshiradilar.

3 – Afsona: Germaniya oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari juda qiyin bo’ladi.

Kirish imtihonlari bu yerda mavjud emas. Universitetga kirishdan oldin maktab shahodatnomasi yoki yurtingizdagi universitet diplomini yuborasiz. Sizning baholaringiz nemis baholash shkalasida qayta hisoblanadi va o’rtacha balla aniqlanadi (Notendurchschnitt).

4 – Afsona: Germaniyada nemis bo’lmagan talabalar nemislardan ko’ra ko’proq.

Agar siz biznes yoki xalqaro aloqalar deb ataluvchi mutaxasisliklarda o’qisangiz, fransuz, amerikalik, xitoylik va rus talabalarini nemislardan ko’ra ko’proq ekaniga amin bo’lasiz. Buning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday mutaxasisliklarda dunyoning boshqa universitetlari bilan ko’plab tajriba almashish borasida tadbirlar bo’lib o’tadi. Lekin, chetdan kelgan talabalar nemislardan kam bo’ladi. Chunki, barcha davlat universitetlari nizomida universitetdagi talabalarning umumiy sonini 7 % gina xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan.

5 – Afsona: Germaniyada o’qish boshqa joylarda, masalan, Rossiyadagiga qaraganda qiyinroqmi?

Bunga quyidagicha javob berish mumkin: o’qishni xohlamaydiganlar uchun qayerda bo’lmasin o’qish qiyin. Agar siz ma’ruzalarga vaqtida kelib, seminarlardagi muhokamalarda ishtirok etsangiz, o’z vaqtida imtihon va nazorat ishlariga tayyorlanib borasiz. O’z vaqtini to’g’ri taqsimlay olmaslik, va albatta tilni yaxshi bilmaslikkina bunga xalaqit berishi mumkin. Germaniyada o’qish sizdan mustaqil ish ko’ra olishni, kutubxonadagi darsliklardan foydalana olishni, diqqatli bo’lishni hamda muammolar paydo bo’ladigan bo’lsa, uyalmaslikni, boshqalardan yordam so’rash lozimligini talab qiladi. Ko’pchilik talabalarni ta’kidlashlariga qaraganda, agar bu yerda barchasini o’z vaqtida bajara olinsa hatto Germaniyada o’qish osonroq bo’lishi ham mumkin.

6 – afsona: Germaniya oliy ta’lim muassasasida o’qish uchun avval o’z yurtingizdagi universitetni tamomlashingiz kerak.

Ha ham, yo’q deb ham aytish mumkin. Universitetni tamomlash majburiy emas, o’z yurtingizdagi universitetda ikki yil o’qishni o’zi kifoya. Shundan so’ng siz nemis universitetida o’zingiz tanlagan mutaxasislik bo’yicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

7 – afsona: Germaniya universitetlarida barcha ma’ruza va seminarlarga borish shart.

Anwesenheitspflicht deb ataladigan tushuncha mavjud. Agar biror bir ma’ruza yoki seminarlarga Anwesenheitspflicht belgisi qo’yilgan bo’lsa siz ularda qatnashishingiz qatiyan majburiy. Agar siz ushbu belgi qo’yilgan bir nechta ma’ruzalarni o’tkazib yuborsangiz, siz yakuniy imtihonga qo’yilmaysiz.

8 – afsona:Nemislarda boshqalardan tamomila farq qiluvchi baholash sistemasi mavjud.

Ha, xuddi shunday. Nemis maktablarida eng a’lo baho – “butun” 1, “ikki” bu yerda yaxshi, “uch” qoniqarli, “to’rt” va “besh” – juda yomon(bizning tizimda 0 baho). Bundan tashqari, universitetlarda ECTS: European Credit Transfer System – ballarni baholash va o’tkazish tizimi mavjud. Ushbu tizim butun Yevropada amalda. Uning qulaylik tomoni shundaki, siz Yevropaning boshqa universitetlarida o’qish jarayonida imtihonlardan olgan baholaringiz nemis universitetlarida ham hisobga o’tadi. Bir o’quv yili 60 ECTS kreditlariga to’g’ri kelib, 1500 – 1800 o’quv soatlarini o’z ichiga oladi. Bakalavr bosqichiga chiqish uchun 180 dan 240 ECTS kreditlarini to’plashingiz kerak bo’ladi.

9 – afsona: imtihonlarda hech narsa ko’chira olmaysiz.

Agar sizdan imtihon olayotgan nemis professori ko’chirayotganingizni ko’rib qolgudek bo’lsa, siz uchun rahm – shafqat eshiklari yopildi hisob – das war’s fur Sie. Imtihonni qanday yozishingizdan qat’iy nazar inobatga olishmaydi. Bu yerda hamma faqatgina natija uchun ta’lim oladi.

10 – afsona: Germaniyadagi universitetni tamomlaganingizdan so’ng, o’sha yerda yashab, ishlashingiz mumkin.

Ushbu “afsona”ni ko’pchilik eng yoqimlisi deb o’ylasa kerak. Qonun bo’yicha biror nemis universitetini tamomlagach, mutaxasisligingiz bo’yicha ish topish maqsadida u yerda yashash muddatingizni yana 18 oyga uzaytirish huquqiga egasiz.

Manba: gooper.uz

www.unisite.uz

Grantlar
Maqsad (motivatsiya video)

Shaha Dolimov tomonidan tayyorlangan Motivatsiya beruvchi video rolg. Energiyangizni yuqori darajada ko’taring.

Grantlar
Как стать специальностом в Авиации (Пилотом Диспетчером) Врачом Экономистом и по другим направлениям

🏢Осуществляй Свои Мечты⏳ ✈️Авиационные вузы🚁 📘Российской Федерации и Соединённых Штатов Америки. 1. Санкт-Петербургский Государственный Университет Гражданской Авиации; 2. Бугурусланское летное училище ГА (колледж) – филиал ФГБОУ ВО “Санкт-Петербургский Государственный Университет ГА”; 3. Московский Государственный Технический Университет Гражданской Авиации; 4. Егорьевский авиационный Технический колледж имени В.П. Чкалова – филиал МГТУ ГА; …

Grantlar
Green Card natijalarini bilish

AQShga doimiy yashash uchun kelish imkoniyatini beruvchi “Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari – DV” (Green Card) dasturiga hujjat topshirganlar natijani bilishlari mumkin. Buning uchun maxsus sayt ochiq. Ariza topshirilgan paytda berilgan kodni kiritish kerak. Davlat departamenti g’oliblarga hech qanday xabar yoki maktub jo’natmaydi. Sayt natijani bilishning yagona yo’lidir.Agar natija …

SOCIALICON