Bugungi, yangi maqolamiz Illinois state university (Illinois shtati universiteti) haqida bo’ladi. Chunki biz yaqinda kanalimiz orqali sorovnoma o’tkazganimizda, 4 ta universitet ichidan mana shu universitetga  ko’plab foydalanuvchilar ovoz berishgan ekan.

unisite.uz

Illinois state university mahalliy universitet hisoblanadi va Eng yaxshi mahalliy universitetlar qatorida 83-o’rinni egallagan.

Universitet afzalliklari

Universitetning ko’plab afzalliklari bor. Eng yaxshilaridan bittasi bu 78% studentlar moliyaviy yordam olishar ekan.

Universitet 20,635 studentga ega va ularning 18,107 tasi bakalavr 2,528 tasi esa magistratura darajasidagilar hisoblanadi.1,000 dan ortig’i Chet ellik talabalar hisoblanadi: 44 ta boshqa shtatlardan 74 dan ortiq xorij davlatlaridan.

Qabul haqida ma’lumot

Agar siz universitetga topshirmoqchi bo’lsangiz, O’z diplomingiz va ilovasini ingliz tiliga tarjima qildirishingiz kerak.(diplom ballari yuqori bo’lishi kerak)

Tilga qo’yilgan talablar: Agar siz Ingliz tilida gaplashadigan davlatlardan bo’lmasangiz, Ingliz tilini bilishingiz haqidagi sertifikatlari topshirishingiz zarur.

IELTS 6.5 yoki TOEFL 79

Bundan tashqari tavsifnoma ham kerak bo’ladi O’zbek tilida yozilgan va Inglizchaga tarjima qilingan bo’lishi kerak.

Hujjat topshirish uchun to’lanadigan to’lov: 50$ tashkil etadi(agar hujjatlaringiz muvaffaqiyatsizlikga uchrasa quyidagi to’lov qaytarilmaydi.)

Universitetga hujjat topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:

https://illinoisstate.edu/admissions/

Universitet to’lov puli

Bakalavr uchun; $26,040

Magistratura uchun; $14,290

Chegirma olish mumkin: $9,307 gacha

Vizadagi o’rni

Vizadagi o’rni so’zini har bir universitetga ishlatish to’ri emas, lekin biz mustasno qilgan holda, Shu yo’nalishni tanladik. Yani AQSH ga hujjat topshirishni istayotgan talabalar o’zlari uchun yangidan yangi universitetlarni kashf qilishlarini hohladik. Aslida bu universitetga viza olgan o’quvchilarni shahsan ko’rgan yoki eshitgan emasman. lekin Universitetni mahalliy ekanligini hisobga olib aytishimiz mumkinki, sizdagi vizada yetakchilik kuchli bo’ladi. Va doimo takrorlaydigan so’zimni aytmoqchiman, Hamma narsaning yangisi yaxshi (Uzbek talabalari bu Universitet kam topshirishgan balki topshirishmagandir, Balkim siz birinchi bo’larsiz,  Sizda qancha imkoniyat bor)

Lazizbek Abdusattorov tayyoradi. www.Unisite.uz uchun mahsus.

SOCIALICON