Green card yutishingiz mumkin yutqazgan bo’lsangiz ham

Grantlar
Green Card bilan bog'liq hatoliklar

Green Card yutganini tekshirishda 90% odamlar qiladigan eng katta hato

Men bu hato haqida yaqinda bilib qoldim. Har yili may oyida faqatgina bir marta tekwirib javob ijobiy bo’lmagani uchun qaytib tekshirmasdim.

Lekin yaqinda bir tanishim do’sti green card yutganini may oyida emas sentabrda bilib qolganligini aytdi. Do’stini aytishicha u mayda “HAS NOT BEEN SELECTED” yani “TANLANMADING” yani yutmagansiz degan yozuvni ko’rganiga qaramasdan har hafta tekshirishda davom etgan va Sentabr oyida “yutding” degan yozuvni ko’rgan.

Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Green Cardni ofitsialniy wesayti (dvlottery.state.gov)ga kirsangiz u yerda quyidagicha yozilgan:

English 👉 DV-2020 entrants should keep their confirmation number until at least September 30, 2020.
Uzbek 👉 DV-2020 ishtirokchilari tasdiqlovchi raqamlarini kamida 30-sentabr 2020gacha saqlab qo’yishlari kerak

Sodda qilib aytganda agar sizga May oyida yutuq chiqmagan bo’lsa havotir olmang! Maydan keyin yana saralash bosqichi bo’ladi shunda yutuq yutgan lekin har hil sabablarga (kasal, olamdan o’tgan, puli yo’q, vhk) ko’ra 2-bosqichga o’tmaganlarni o’rnini to’ldirish uchun, yana tanlov o’tkaziladi va bunisida sizning omadingiz kelishi mumkin.

Hullas nima bo’lgan taqdirda ham ko’nglingizni tushurmang. 2020-yil 30-Sentabrgacha juda bo’maganda bir oyda bir marotaba tekshirib turing. Hali hammasi oldinda!

Lekin menimcha sizga hoziroq yutuq chiqqan bo’sa kerak chunki men green card ni boshlagan Kentucky dv lottery office ga telefon qilib direktori bilan gaplashgandim. “Namuncha ziqnasilar? Amerikani topgan Beruniydek insonla yashagan O’zbekistonga bor yo’g’i 5000 ta green card berasizlarmi? Uyatamasmi a?” digandim, ula javoban “green card sizladan aylansin! Bu yil O’zbeklarga 5,000,000 ta beramiz” deyishdi. Hullas, Green Card o’ynamagan bo’lsayiz ham yutganiz aniq (Hazil😉)

Green Card yutishingizda Omad 👍

P.S. Bu maqolani do’stingizga ham jo’nating. Kim bilsin, balki siz sabab bo’lib unga ham yutuq chiqib qolar, ertami kechmi. Shunda sizga Amerikadagi do’stingizdan narmalniy sovg’a kelishi aniq 🙂

Manba : Ingliztilia1

https://telegram.me/Unisiteuz

Grantlar
Gamburg universiteti grant dasturi

Gamburg universiteti Shimoliy Germaniyaning eng yirik tadqiqot va ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu juda ko’p turli xil fikr, madaniy taraqqiyot va manfaatlar bilan jonli jamoatni qo’llab-quvvatlaydigan eng keng universitetlardan biri. Nima uchun Gamburg universitetida? Ushbu universitetda tahsil olayotganda, nomzodlar malakali firmalarda ishtirok etishlari, soha mutaxassislari bilan uchrashishlari va karyera bazasida qisman …

Grantlar
Roosevelt Universiteti haqida,to’lov puli,vizadagi o’rni

    Roosevelt University Bugun Amerika qo’shma Shtatlarining yana o’z o’rniga ega universiteti haqida suhbatlashamiz yani (Roosevelt university) .Biz ko’plab ma’lumotlar qidirib topishga harakat qildik. Roosevelt university Chicago shtatitada joylashgan. Roosvelt University 2 ta campusga ega yani (Chicago Campus va Schaumburg campus). Bu universitet 1945-yilda tashkil qilingan. Roosevelt universitetida ko’plab fakultetlar bo’lishiga qaramay, …

Grantlar
Dunyoning top 20 universiteti 2019-yil hisobiga ko’ra

Dunyoning  Top 20 ta universitetlar 2019-yil hisobiga ko’ra. Bir necha yillardan beri Massachusetts texnologiya universiteti birinchilikni qo’ldan boy bermay kelyabdi. Bu yil hisobiga kora ham huddi shu universitet 1-likda. Imperal kollej esa 8- o’rinni yaqin 3 yildan beri hech qaysi universitetga berib qo’ygani yo’q. Harvard va Stanford 2 yildan beri bir …

SOCIALICON