Okean va iqlim o’zgarishiga bag’ishlangan o’smirlar uchun ijodiy tanlov

Okean va iqlim o’zgarishiga bag’ishlangan o’smirlar uchun ijodiy tanlov

Iqlim o’zgarishi – bizning davrimizning eng katta muammolaridan biri. Ushbu tanlov insoniyat va tabiatning kelajagi haqida qayg’uradigan yosh rassomlar, mutafakkirlar va faollarga taklif. Tanlov ishtirokchilari o`zlarining ijodkorligi bilan iqlim o’zgarishi va okeanlarimiz bilan bog’liq masalalarni o’rganish, ifoda etish va targ’ib qilish imkoniyatiga ega.
Ishtirokchilar iqlim o’zgarishi oqibatida yo’qolib borish xavfi ostida bo’lgan qirg`oqdagi, suvdagi turlar, joylar yoki tizimlarni tasvirlaydigan ishni yaratishlari kerak. Organizmlardan ekotizimga qadar iqlim o’zgarishining okeanlarimizga ta’siri qanday?

Quyidagi turdagi ishlar qabul qilinadi: tasviriy san’at, she’riyat, proza, video, musiqa. 2019 tanlovining mavzusi: «Kelajakning mavjudligi» (Presence of Future)
Muddat: 17-iyun, 2019.

Sovrinlar:
Oltin sovrin – 1000 – $ 1500
Kumush sovrin – $ 750 – $ 1000
Bronza sovrini – $ 250 – $ 500
Rag’batlantiruvchi mukofot – $ 100-250

Tanlovda ishtirok etish bepul.
Talablar:
Tanlovda dunyoning turli burchaklaridagi o’quvchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Yosh guruhlari:
11 yoshdan 14 yoshgacha
15 yoshdan 18 yoshgacha.
Ishtirokchilar o`zlariga yordam beradigan biror katta yoshdagi inson haqida ma’lumot berishlari lozim.
Individual yoki guruh bo`lib ishlashga ruxsat beriladi.

Tanlov nominatsiyalari:
San’at (chizmalar, raqamli san’at, haykaltaroshlik, fotografiya va boshqalar, JPG, PNG, GIF yoki PDF formatidagi fayllar)
She’riyat (ingliz tilida 1-2 bet, .doc, .docx yoki PDF formatida)
Nashr (ingliz tilida 3-8 bet, .doc, .docx yoki PDF formatida)
Film (YouTube-da yoki Vimeo-da video 2-4 daqiqa)
Musiqa (qo’shiqlar, o’zingizning musiqangiz, parodiyalar, YouTube-da yoki Vimeo-da 4 minutgacha videolar).
Tanlov ishiga iqlim o’zgarishi mavzusida ingliz tilida qisqa (100-250 ta so`z) sharhni kiritish kerak. Har bir ishda rahbar (har qanday kattalar) bo’lishi kerak.
Ariza quyidagi havola orqali topshiriladi:

online havola

Grantlar
Roosevelt Universiteti haqida,to’lov puli,vizadagi o’rni

    Roosevelt University Bugun Amerika qo’shma Shtatlarining yana o’z o’rniga ega universiteti haqida suhbatlashamiz yani (Roosevelt university) .Biz ko’plab ma’lumotlar qidirib topishga harakat qildik. Roosevelt university Chicago shtatitada joylashgan. Roosvelt University 2 ta campusga ega yani (Chicago Campus va Schaumburg campus). Bu universitet 1945-yilda tashkil qilingan. Roosevelt universitetida ko’plab fakultetlar bo’lishiga qaramay, …

Grantlar
Dunyoning top 20 universiteti 2019-yil hisobiga ko’ra

Dunyoning  Top 20 ta universitetlar 2019-yil hisobiga ko’ra. Bir necha yillardan beri Massachusetts texnologiya universiteti birinchilikni qo’ldan boy bermay kelyabdi. Bu yil hisobiga kora ham huddi shu universitet 1-likda. Imperal kollej esa 8- o’rinni yaqin 3 yildan beri hech qaysi universitetga berib qo’ygani yo’q. Harvard va Stanford 2 yildan beri bir …

Grantlar
AQSh vizasini olish uchun ariza beruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi.

AQSh vizasini olish uchun ariza beruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi. “Davlat departamenti AQSh vizasi olish uchun ariza topshiruvchilardan qo‘shimcha ma’lumot, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari to‘g‘risida ma’lumot so‘rash maqsadida immigratsion va noimmigratsion vizalar uchun ariza blankalarini yangiladi”. Yangi qoidalar shu yilning 31-maydan kuchga kirgan. Bundan buyon AQSh vizasiga murojaat qilishda Ijtimoiy …

SOCIALICON