Ruhlantiruvchi Satrlar

Grantlar

O‘zingizda motivatsiya hosil qilish uchun har doimdars tayyorlashga kirishishdan oldin shuncha test yechaman yoki shuncha sahifa kitob o‘qiyman degan maqsadni oldingizga qo’yishingiz zarur.

Bu ishni bajarayotganda esa unga bosqichma-bosqich harakat qiling. Kerak bo‘lsa, maqsadlaringizga bitta-bitta erishishga intiling.Shuni yaxshi bilingki, insonda uzoq masofalarga yetib borgunga qadar motivatsiya kamayadi. Masalan, marafonlarda finish chizig‘iga ko‘pchilik yetib bora olmaydi. Bu tabiiy hol.

Lekin 100 metrga yugurish musobaqalarida deyarli hamma marraga yetib boradi.Motivatsiya kamaymasligi uchun asosiy maqsadga eltuvchi oraliqdagi imkoniyatlardan foydalaning.Tasavvur qiling: 12 qavatli uyning 12-qavatiga chiqishingiz kerak. Yana qo‘lingizda og‘ir yuk. Agar doim yuqori qavatga chiqishni o‘ylasangiz, sizda qo‘rqish boshlanadi. Qo‘lingizdagi yukning og‘irligi va masofaning uzoqligi sizni ruhan toliqtiradi va shu bois, mo’ljaldagi qavatingizga chiqa olmaysiz.

Avvalo, sizda maqsad 2-qavatga chiqib olish bo‘lishi kerak. Zinalarni bir-bir bosib chiqing. Xayolingizdagi chiqa olmaslik fikri o‘rnini bosib o‘tgan masofalaringizdagi quvonchi egallasin. U yerga yetib borganda o‘zingizni qutlab qo‘yishni ham unutmang. Yetib kelgandan keyingi maqsad esa 3-qavatga ko’tarilish bo‘ladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan 12-qavatga chiqib olganingizni sezmay ham qolasiz.Dars tayyorlashda ham shunday strategiyadan foydalani-shingiz mumkin. Ya’ni, o‘zlashtirishingiz kerak bo‘lgan mavzularni bo‘lib tashlab, avval bir qismini, keyin yana bir qismini o‘zlashtirishingiz mumkin.Siz qadim o’tmishdagi choparlarning ishlash usulidan foydalaning. Masalan, birinchi chopar o‘zoti bilan juda katta tezlikda xabarni yo’lda uni kutib turgan hamkasbiga yetkazadi. Uni kutib turgan hamkasbi esa xabarni olishi bilan keyingisiga yetkazib beradi. Shu tarzda xabar o‘z egasiga juda tez yetib boradi.

Siz ham asosiy maqsadga erishishda choparlar kabi oraliq imkoniyatlardan foydalaning. Masalan, 1 soatda 35 ta misol yechaman deb niyat qilasiz. Ushbu maqsadga qanchalik erishishingizga qarab keyingi soatga boshqa oraliqdagi imkoniyatni tanlaysiz.Masalan, tarix, biologiya va adabiyot kabi fanlardan dars qilishda bir necha matnning hammasini birdan o‘qishingiz kerakligi sizni tashvishga soladi. Shunda ,siz ,avval ijtimoiy hayotga doir fanlarni o‘qishni maqsad qilasiz.

Uni o‘qib va uqib bo‘lgach, o‘zingizni bir bor tabriklab, biroz tanaffusdan keyin siyosiy hayotga oid mavzularni o‘rganishga kirishing. Shunda o‘qiganlaringiz bir-biriga aralashib ketmaydi va juda katta hajmdagi axborotni miyangiz qabul qiladi.Undan tashqari, har bir tanaffusdan oldin xayolingizda oliy o’quv yurtidagi natijalar chiqqan kunni orzu qiling. Masalan, test sinovlaridan keyin hamma abituriyentlar hayajon bilan o‘z raqamlarini qidirishmoqda. Ular orasida siz ham borsiz, deylik. Bir qarasangiz o‘tish balidan juda ham yuqori ball to‘plagansiz. Hamma sizni tabriklamoqda. Ko‘pchilik sizga hatto havas bilan qaramoqda. Bemalol, orzu qiling. Baribir orzuga boj to‘lamaysiz, faqat vaqtingizni orzu bilan o‘tkazib yubormang. Dars qilishga motivatsiya uyg‘ondimi, darrov dars tayyorlashga kirishing.

Kunlardan bir kuni bir odam Nasriddin Afandidan: “Tushimda bir qop tilla topib olibman. Tushim o‘ngidan kelishi uchun nima qilay”,–deb so‘rabdi. Shunda Xo‘ja Nasriddin: “Kamroq uxla”,–deb javobberibdi. Sizda ham, hurmatli abituriyent, niyatingiz amalga oshishi uchun ko’proq orzularga berilmay, ko‘proq ishlang.

Lekin darsga ishtiyoq uyg‘otadigan orzu ham qiling.Kim nimaga intilsa, ertami-kechmi, albatta, erishadi. Agar orzularingiz va harakatlaringiz test sinovlari kunidagi o‘sha natija chiqqan paytdagidek yuqori bo‘lsa, albatta, sizga omad kulib boqadi.

Manba: azamat.uz

Unisite.uz bizni kuzatishda davom eting!

Bizni Telegramda ham kuzatib boring T.me/UnisiteUz

Grantlar
Gamburg universiteti grant dasturi

Gamburg universiteti Shimoliy Germaniyaning eng yirik tadqiqot va ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu juda ko’p turli xil fikr, madaniy taraqqiyot va manfaatlar bilan jonli jamoatni qo’llab-quvvatlaydigan eng keng universitetlardan biri. Nima uchun Gamburg universitetida? Ushbu universitetda tahsil olayotganda, nomzodlar malakali firmalarda ishtirok etishlari, soha mutaxassislari bilan uchrashishlari va karyera bazasida qisman …

Grantlar
Roosevelt Universiteti haqida,to’lov puli,vizadagi o’rni

    Roosevelt University Bugun Amerika qo’shma Shtatlarining yana o’z o’rniga ega universiteti haqida suhbatlashamiz yani (Roosevelt university) .Biz ko’plab ma’lumotlar qidirib topishga harakat qildik. Roosevelt university Chicago shtatitada joylashgan. Roosvelt University 2 ta campusga ega yani (Chicago Campus va Schaumburg campus). Bu universitet 1945-yilda tashkil qilingan. Roosevelt universitetida ko’plab fakultetlar bo’lishiga qaramay, …

Grantlar
Dunyoning top 20 universiteti 2019-yil hisobiga ko’ra

Dunyoning  Top 20 ta universitetlar 2019-yil hisobiga ko’ra. Bir necha yillardan beri Massachusetts texnologiya universiteti birinchilikni qo’ldan boy bermay kelyabdi. Bu yil hisobiga kora ham huddi shu universitet 1-likda. Imperal kollej esa 8- o’rinni yaqin 3 yildan beri hech qaysi universitetga berib qo’ygani yo’q. Harvard va Stanford 2 yildan beri bir …

SOCIALICON