Home / Bakalavr / Viza ola olamanmi? (Koreaga Viza olish)

Viza ola olamanmi? (Koreaga Viza olish)

✅Viza ola olamanmi?
(Koreaga Viza olish)

Shu kabi savollar ko’p berilyapti. Aslida kimnidir viza ola olishini 100% ishonch bilan aytib bo’lmaydi. Xatto cho’zdira olishi haqida ham aniq bir narsa aytish qiyin. Bu narsa ko’p omillar (siz haqingizdagi ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar)ga bog’liq. Aksincha, vizaga topshira olish yoki topshira olmaslik huquqingiz bor yo’qligi haqida hulosaga kelish mumkin. Vizaga topshirish huquqingiz mavjud bo’lsa ham viza berish bermaslikni immigratsiya hodimi yoki elchixonadagi konsul hal qiladi. Huddi shu javobni 1345 dan ham eshitasiz. “Yes, you can apply…”, deydi. “Yes, you can get …”, degan javobni adashib aytmasa eshitmaysiz.

Ikkinchidan, huquqimiz bo’lmay turib vizaga topshirish holatlari kuzatilyapti. Konsul birinchi bo’lib sizda ushbu vizaga topshirishga huquqingiz bormi yo’qmi shuni tekshiradi. Agarda mavjud bo’lmasa hujjat qanchalik inkor etib bo’lmaydigan darajada mukammal bo’lmasin, konsul sizga viza bera olmaydi. Falon vizaga topshirish talablarini bajarmadingiz deb otkaz berishi tayin.

Birgina misol, talaba Koreyaga kelganiga 6 oy to’lmasdan yaqinlarini chaqirishi.

Qolaversa, adashmasam aksariyat talabalar immigratsiyaga yurakni hovuchlab borishi tabiiy hol :). Chunki doim vizani cho’zdira olmaslik yoki ola olmaslik havfi mavjud bo’ladi. Bu havf talabalik shartlarini to’liq bajargan kishida kuchsiz bo’lishi mumkin. Huddi shundek, O’zbekistondan topshirayotgan yurtdoshlarda ham viza ola olmaslik havfi borligini unutmaylik.

Kichik bir hulosa shuki, “Viza ola olamanmi?“, degan savolga nisbatan “Vizaga topshira olamanmi?” degan savol o’rinliroq deb o’ylayman. Hamda ish boshlashdan avval biroz internetni titkilab, tanishlardan surishtirib, imkon qadar ma’lumot olib shunga qarab ish tutsak ortiqcha harajat va ovvoragarchilikdan tiyilarmidik?!
(#StudyinKoreaSKY)

www.Unisite.uz

Online kutubxona

Check Also

UK: Sasseks Universitetining Xalqaro granti!

University of Sussex, UK    Magistratura Sasseks Universiteti granti universitetning ko’plab yo’nalishlarida mavjud. Bu grant talabaning …

SOCIALICON